Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasida Huawei kompaniyasi qishloq joylariga mo‘ljallangan tarmoqlar uchun RuralStar Lite innovatsion yechimini taqdim etdi. Ushbu yechim aholisi 500 nafardan 1000 nafargacha yetadigan qishloq hududlarda ovozli va mobil keng polosali aloqa (MVV) xizmatlarini samarali tarzda yetkazib berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu bilan birga, operatorlarga investitsiyalarni qoplash (ROI) muddatini uch yilgacha qisqartiradi. Yangicha RuralStar Lite yechimi RuralStar qishloq tarmog‘i uchun Huawei yechimining takomillashtirilgan ko‘rinishidir. Bu butun dunyoni raqamli qamrovni targ‘ib qilish bo‘yicha Huawei kompaniyasining doimiy sa'y-harakatlariga misol bo‘la oladi.
Mobil aloqa operatorlari assotsiatsiyasi tadqiqotlari (GSMA) shuni ko‘rsatadiki, dunyoda 700 milliondan ortiq kishi mobil aloqa tarmog‘idan foydalanish imkoniga ega emas, ularning aksariyati esa qishloq joylarda istiqomat qiluvchilardir.
Huawei kompaniyasi tarmoqqa ulanmagan qishloq hududlarni mobil aloqa bilan ta'minlash uchun RuralStar yechimini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu yechim butun dunyo bo‘ylab 90 dan ortiq tarmoqlarni qamrab oladi va yuz millionlab odamlarning mobil aloqadan foydalanishini ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Muhim ahamiyat kasb etuvchi uchta innovatsiyalar bilan RuralStar yechimi ma'lumotlarni uzatish qiyin bo‘lgan, infratuzilma katta xarajatlarni talab qiluvchi, energiya ta'minoti barqaror bo‘lmagan va tarmoqni kengaytirish ko‘p vaqt oladigan qishloq hududlarda tarmoqlarni rivojlantirishning bir qator muammolarini hal qila oladi. Operatorlar uchun 100 tadan ortiq aholini qoplashda qishloq tarmog‘ini rivojlantirishga ketadigan investitsiyalarni qoplash muddati 3 yilni tashkil etishi mumkin. Aholisi 500 tadan 1000 tagacha bo‘lgan tarmoqqa ulanmagan qishloqlar bilan aloqani kengaytirish uchun Huawei kompaniyasi bir nechta bog‘lanishlar va uncha katta bo‘lmagan qoplash hududlariga mahalliy xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan RuralStar Lite yechimini yo‘lga qo‘ydi.
RuralStar Lite yechimining energiya iste'moli bor-yo‘g‘i 200 Vtni tashkil etadi. To‘rtta quyosh batareyalari bilan jihozlangan ushbu yechim elektr ta'minotini ancha osonlashtiradi va bu 6 metrdan 9 metrgacha balandlikda bo‘lgan tayanchlarda asos sterjenlar va to‘siqlarni o‘rnatish zaruriyatisiz barcha mos uskunalarni o‘rnatishga imkon beradi. Ushbu afzalliklar hisobga olinganda, loyihani amalga oshirish qiymati sezilarli ravishda kamayadi.
RuralStar Lite Zambiyada muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan. Tarmoqni rivojlantirish shuni ko‘rsatdiki, RuralStar Lite yechimini ovozli aloqa va ma'lumotlarni uzatish xizmatlarini 500-1000 aholi istiqomat qiluvchi radiusi 1 dan 2 km.gacha bo‘lgan qishloqlarda qo‘llash mumkin. Bundan tashqari, operatorlar uchun investitsiyalarni qoplash muddati 3 yildan kamroq bo‘lishi kutilmoqda.
Huawei simsiz yechimlari bo‘yicha yo‘nalishi sayt bo‘limi prezidenti Xao Intao (Hao Yingtao) shunday deydi: “Geografik ajralganlik qishloq aholisining mobil aloqaga bo‘lgan talabini yanada oshiradi. Huawei kompaniyasining RuralStar yechimi iqtisodiy tomonlama kamxarj va tarmoqni tezroq kengaytirish imkonini beradi, investitsiyalarni qoplash muddatini qisqartiradi va qishloq aholisining mobil qamrab olishga bo‘lgan yangicha qarashini shakllantiradi. Olis hududlar aholisi raqamli dunyodan foydalanishini ta'minlagan holda, RuralStar Lite raqamli dunyodagi muammolarni hal qilishda yana bir oldinga bosilgan qadam bo‘ldi“.
Ta'kidlash kerakki, O‘zbekistonda Rural Star yechimidan ilk marta 2018 yilning sentabr oyida UMS mobil aloqa operatori tarmog‘ida foydalanilgan.
Reklama huquqi asosida