Aksiyadorlik-tijorat “Qishloqqurilishbank”ning “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.
Shu kunlarda mazkur dasturning Android va IOS platformalaridagi uyali telefonlar uchun yangilangan versiyalari ishga tushirildi.
Ilovaning takomillashtirilgan versiyalarida aholi va mijozlar uchun yanada qulayliklar yaratilgan. Xususan, endilikda:
-ilovaga boshqa tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan plastik kartalarni biriktirish;
- boshqa tijorat banklarining ilovaga biriktirilgan plastik kartalari mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirish;
- doimiy to‘lovlarning shaklini yaratish;
- plastik karta aylanmasi to‘g‘risida batafsil ma'lumot olish;
- bank filiallari dislokatsiyasini ko‘rish mumkin.
Avvallari “QQB-mobile” mobil ilovasi yordamida kartadan kartaga pul o‘tkazish amaliyotini faqat “Qishloqqurilishbank” kartalari o‘rtasida bajarish mumkin edi. Hozirda boshqa tijorat banklari kartalari o‘rtasida ham o‘zaro pul o‘tkazish mumkin bo‘ldi.
Shuningdek, ilovadan foydalanishga doir tariflar ham ancha maqbullashgan:
- ilovani yuklab olish, ilovaga plastik kartalarni biriktirish – bepul;
- “online-konversiya” amaliyotini bajarish – bepul;
- kommunal, budjet va tijorat to‘lovlarini amalga oshirish – bepul;
- hisobraqam monitoringi – bepul;
- mablag‘larni bir kartadan boshqa kartaga o‘tkazish - tranzaksiyaning 0,5 foizi miqdorida;
- kredit qarzdorligini so‘ndirish – tranzaksiyaning 0,5 foizi miqdorida.
Eslatib o‘tamiz, “QQB-mobile” ilovasidan foydalanib uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni, internet provayderlar, raqamli televideniye xizmatlari, iste'mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni hamda kommunal to‘lovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.), Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini o‘tkazish mumkin.
Shuningdek, barcha tijorat banklarining so‘m plastik kartochkalariga ega mijozlari ilova orqali o‘zlarining VISA xalqaro to‘lov kartochkalariga chet el valutasini onlayn rejimida konversiya qilish imkoniyatiga ham egalar.
“Qishloqqurilishbank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Ma'lumot uchun:
Telefon: 71 150-93-39
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida