«Lester» Rojersning kelganini rasman e'lon qildi

«Lester» klubida rasman murabbiy o‘zgardi. «Tulkilar» fransiyalik Klod Pyuelni iste'foga chiqarishgandi. Bugun shimoliy irlandiyalik Brendan Rojers «Lester»ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.
2016 yildan buyon Shotlandiyaning «Seltik» klubida ishlab kelayotgan murabbiy Angliyaga qaytish uchun amaldagi klubi bilan shartnomasini bekor qildi. Rojers «Lester» bilan 2022 yil yozgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan.
Rojers murabbiylik faoliyati davomida Angliyaning «Livurpul», «Suonsi», «Uotford» kabi jamoalarida ham ishlagan. Murabbiy ayni damda davom etayotgan «Lester» - «Brayton» o‘yinini stadiondan kuzatmoqda.
Mavzuga oid

00:26 / 23.02.2020
APL. «Manchester Siti» safarda «Lester»ni mag‘lub etdi (turnir jadvali)

00:28 / 22.12.2019
APL. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Lester»ni mag‘lub etdi

02:04 / 26.10.2019
APL. «Lester» mehmonda «Sauthempton»ga 9 ta gol urdi

22:08 / 30.03.2019