2018 yilning eng yaxshi smartfoni e'lon qilindi 

Fan-texnika 20:18 / 27.02.2019 15968

Barselonada o‘tayotgan Mobile World Congress 2019 xalqaro ko‘rgazmasi sekin-asta yakuniga yetmoqda. Bu esa ba'zi yakunlarni e'lon qilish vaqti kelganini anglatadi.

Nufuzli nashrlar jurnalistlari, aloqa operatorlari va soha vakillaridan iborat hakamlar hay'ati 2018 yilning eng yaxshi smartfonini e'lon qildi. Hay'at a'zolari Huawei Mate 20 Pro smartfonini o‘tgan yilning eng yaxshi smartfoni deb topishdi. 

Mutaxassislar mobil fotosuratchilik sifatini avvallari erishib bo‘lmaydigan darajaga olib chiqqan xitoylik muhandislar tomonidan qilingan ulkan ishni qayd qilib o‘tishgan. Ularning e'tiborini  smartfonning yuqori ish unumdorligi, suratlarni qayta ishlash tizimi va qayta quvvatlanishsiz uzoq vaqt ishlay olishi, simsiz quvvatlashdagi tatbiq qilingan innovatsion yechimlar va dizayni tortgan. 

“Bu Huawei mobil telefoni MWC’ning eng og‘ir vazndagi xalqaro mukofotini qozonayotgan va Apple, Google, Samsung va boshqa brendlar qurilmalarini ortda qoldirayotgan birinchi holat emas”, deb izoh bergan Huawei kompaniyasining mobil qurilmalar qatori bo‘yicha prezidenti Xe Gang.

Huawei ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning 2018 yilda iste'molchilik biznesidan olgan tushumi 52 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniya o‘tgan yil davomida 206 million dona smartfon sotib, bu borada dunyoda 2-o‘rinni egallagan. 

Eng yaxshi taqib yuriluvchi elektronika toifasida esa g‘alaba Samsung Galaxy Watch soatlariga berildi.

2017 yilda eng yaxshi smartfon nomiga Apple’ning iPhone X smartfoni sazovor bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: