Kim Chen In ortidan ulgurmay qolgan “chopag‘on” tarjimon tanilib ketdi (video)

Foto: skrenshot
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning tarjimoni Vetnamdagi Dong-Dang vokzalidagi “qisqa masofaga yugurishi” sababli tanilib ketdi. Kim Chen In Vetnamga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani poyezdda keldi.
Gap shundaki, Kim Chen In vagondan chiqib, trap orqali uni kutib olayotgan vetnamlik hamkorlar tomon yo‘l olganda, tarjimon vagondan chiqishda bir oz hayallab qolib, orqada qolib ketgan. Shunda u Kim Chen In mezbon tomon vakillari qo‘lini siqishni boshlaganini ko‘rib, bir soniya ichida bir necha metrlik masofani sprintchilarga xos tarzda yugurib o‘tib, Shimoliy Koreya yetakchisi oldiga turib olgan.
Bu holat televideniye orqali namoyish qilingan. Undan bir parchani janubiy koreyalik jurnalist Rafael Rashid tvitterda joylashtirgan. “Run for your life (joningni saqla) iborasini tom ma'noda tushunish kerak bo‘lgan holat”, deb kinoya qilgan amerikalik foydalanuvchi.
“Siz bo‘lsa Kimning tansoqchilari chaqqon deb o‘ylagandingiz”, deb hazil qilgan BBC’ning Seuldagi muxbiri Laura Bikker.
Reuters axborot agentligining Xanoydagi byurosi boshlig‘i Jyeyms Pirson tarjimon “shunday iste'dodini” behudaga ketkazayotgani, u Shimoliy Koreya Olimpiya terma jamoasidan o‘rin olishga loyiqligini aytgan.
THAT SPRINT pic.twitter.com/wDwntnQ71W
— Raphael Rashid (@koryodynasty) 26 fevralya 2019 g.
Mavzuga oid

15:31 / 09.02.2025
Kim Chen In Rossiya armiyasining «adolatli ishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini» aytdi

22:10 / 29.01.2025
Kim Chen In KXDR yadroviy qalqonini mustahkamlashni buyurdi

11:30 / 01.01.2025
Kim Chen In Putinni «eng yaqin do‘st» deb atadi

11:50 / 01.12.2024