Xitoyning Huawei kompaniyasi MWC 2019 konferensiyasida Mate X buklama smartfonni taqdim etdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Huawei Mate X qalinligi 5,4 millimetrli 8 dyuymli OLED-ekranga ega. Buklangan holda - bu umumiy qalinligi 11 millimetr, diagonali 6,6 va 6,38 dyuymli ikkita ekranli smartfon. Qurilma 5G tarmoqlari bilan ishni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon 4500 milliamper-soatlik akkumulyatorga ega.
Huawei Mate X’ni 2019 yil o‘rtalarida 512 gigabaytlik ichki xotira va 8 gigabayt operativ xotiraga ega model uchun 2607 dollar narxda sotishni rejalashtirmoqda.
Huawei Mate X smartfonini ichki ekran diagonali 7,3 dyuym va tashqida diagonali 4,6 dyuym bo‘lgan Samsung Galaxy Fold buklama smartfon taqdimotidan bir hafta o‘tib namoyish etdi. Qurilmaning qalinligi - 17 millimetr, kengaytirilgan shaklda - 6,9 millimetr. Galaxy Fold’ni 26 aprel kuni 1980 dollarlik narxda sotish boshlanadi.