Internet-trafik va smartfon quvvatini «yeb tashlaydigan» virus topildi

Fan-texnika 10:51 / 25.02.2019 30649

DrainerBot deb nomlangan murakkab firibgarlik kampaniyasi aniqlandi, u Android’dagi mobil qurilmalardan internet-trafikni yashirincha sarflaydi. U haqda Oracle’ga tegishli bo‘lgan Moat kompaniyasi xodimlari xabar qilgan.

Topilgan zararli kod yuzlab mobil ilovalarga joylashtirilgan. Ular qurilmalarda yashirin reklamalarni, asosan, videoroliklarni ishga tushiradi.

Bunday dasturlarning muntazam ishlashi har oyda 10 gigabayt internet-trafikni sarflaydi. Shuningdek, zararli dastur ishlamayotgan bo‘lsa ham, qurilma quvvatni tezda yo‘qotadi.

Foydalanuvchi hech qachon o‘z gadjeti zararlangani haqida bilmaydi, sababi reklamalar ekranda ko‘rinmaydi. Zararlangan ilovalar orqasida quyidagilar bor: 4 Seasons (Full), VertexClub, Perfect365, Touch 'n' Beat - Cinema va Draw Clash of Clans.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Android qurilmaning har bir egasi gadjeti qizib ketayotgani va quvvati tez ketayotganidan ehtiyot bo‘lishi lozim. Shuningdek, ishlashning sekinlashuvi yoki tez-tez qayta yuklash hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash ham xavfli belgilar hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: