Trampni Vetnamda 200dan ortiq maxfiy agentlar qo‘riqlaydi

Jahon 13:02 / 23.02.2019 8800

AQSh prezidenti Donald Trampni Vetnamda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv vaqtida Amerika maxfiy xizmatining 200dan ortiq xodimi qo‘riqlaydi. Bu haqda VnExpress yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Amerika yetakchisining qo‘riqchilari to‘rtta samolyotda Vetnamga olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Vetnamga safari davomida «Yirtqich»da harakatlanishi xabar berilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Vetnam poytaxti aeroportiga ikkita prezidentlik avtomobili olib borilgan. Ta'kidlanishicha, Trampning «Yirtqich»lari barcha zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan, shuningdek, ularda kimyoviy hujumdan himoya sifatida kislorod balloni hamda qon quyish uchun uskunalar bor.

Tramp va Kim Chen In uchrashuvi 27-28 fevral kunlari Vetnamning Xanoy shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ta'kidlanishicha, tadbir Xanoy markazidagi hukumat mehmon uyida o‘tkazilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: