Sudanda bir yilga favqulodda vaziyat tartibi kiritildi

Jahon 08:12 / 23.02.2019 4410

Sudan prezident Umar al-Bashir hukumatni tarqatib yuborib, mamlakatda bir yillik muddatga favqulodda vaziyat tartibini kiritdi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.  

Sudan yetakchisi bunday choralar norozilik namoyishlari bilan qamrab olingan mamlakatda vaziyatni o‘nglash uchun zarurligini aytgan. Sudanda noroziliklar 2018 yil dekabridan beri to‘xtamayapti. 

Shu bilan birga prezident parlamentga konstitutsiyaga unga yangi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yish huquqini beruvchi tuzatishlar kiritishni ko‘rib chiqishni qoldirishga chaqirgan.

O‘tgan hafta oxirida muxolif partiyalar a'zolari prezident iste'fosini talab qilishgan, biroq keyinroq ular politsiya tomonidan hibsga olingan.

Al-Bashir Afrikada eng uzoq rahbarlik qilayotgan prezident bo‘lib, u Sudan prezidenti lavozimini 1993 yil oktyabrdan beri egallab kelmoqda. Mamlakatda 2010 yilda o‘tkazilgan oxirgi prezident saylovlarida u 68,24 foiz ovoz to‘plagan.   

Ko‘proq yangiliklar: