O‘zbekiston va Iordaniya maslahatlashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston 09:22 / 23.02.2019 2393

2019 yilning 19-21 fevral kunlari Ammon shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi tashqi siyosat idoralari yuridik xizmatlari o‘rtasida hamkorlikning shartnoma-huquqiy masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra imzolangan O‘zbekiston-Iordaniya bitimlarining huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi, ularni amalga oshirishning holati to‘g‘risida ma'lumot almashildi hamda istiqbolli hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishni faollashtirishga kelishib olindi, deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Iordaniyaning turli vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o‘tkazib, ishlab chiqilayotgan ikki tomonlama shartnomalarning loyihalarini muhokama qilgan.

Iordaniya investitsiya komissiyasida, Turizm va qadimiylik, Qishloq xo‘jaligi, Adliya va Ichki ishlar vazirliklarida o‘tkazilgan muzokaralarda mazkur sohalardagi shartnoma loyihalari matni moddama-modda ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakatning turizm, qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi, investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish sohasidagi ilg‘or tajribasi hamda boshqa masalalar yuzasidan ma'lumot almashildi.

Ko‘proq yangiliklar: