Chexiya prezidenti O‘zbekiston rahbariyatining siyosatini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston 09:09 / 23.02.2019 6910

2019 yilning 21 fevral kuni Praga shahrida O‘zbekiston Respublikasining Chexiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Nabijon Qosimov (qarorgohi Berlin shahrida) Chexiya Respublikasi prezidenti Milosh Zemanga ishonch yorliqlarini topshirdi.

TIV xabariga ko‘ra, marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Chexiya rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni, davlat rahbariyatining mamlakat ichi va xalqaro maydonda olib borayotgan ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlagan.

Chexiya Respublikasi prezidenti O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari va hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu jarayonga qo‘shni Afg‘onistonni jalb qilishdagi rolini alohida qayd etar ekan, bu esa mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta'minlashga xizmat qilishiga ta'kidladi.

Prezident Milosh Zeman Chexiya tomonining O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdorligi, shuningdek, mamlakatda islohotlar jarayoniga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.

Chexiya prezidenti O‘zbekiston tomonining ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda boshqa sohalarda ham hamkorlikni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy diplomatiyani faollashtirishga bo‘lgan harakatini qo‘llab-quvvatladi.

Ko‘proq yangiliklar: