Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga DXSh bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston 17:03 / 22.02.2019 3246

Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) Lotin Amerikasi va Karib dengizi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Jorjina Beyker boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma'lumot uchun: Jahon banki Guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish tashkiloti hisoblanadi. XMK O‘zbekistonda 1993 yildan beri faoliyat yuritmoqda.

Jorjina Beyker samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etib, xalqaro bozorda katta talab bilan qayd etilgan suveren obligatsiyalar chiqarilishi bilan tabriklagan.

Uchrashuv davomida Davlat-xususiy sherikchiligini (DXSh) rivojlantirish, O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishda salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, raqobatbardosh va hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar muhokama qilindi. XMK vakillari bugungi kunda ushbu mavzu respublika uchun dolzarb ekanligini, qayta tiklanuvchi energetika sohasida tashabbuslarni amalga oshirish va aholiga gemodializ bilan ta'minlashni muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatladilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekistonda DXShni rivojlantirish bo‘yicha treninglar va «davra suhbatlari» tashkil etish to‘g‘risida kelishdilar. 

Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi maslahat va boshqa davlatlarda shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirishda erishilgan katta tajriba asosida zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: