Xalq ta'limi vazirligi Toshkentdagi bir nechta umumta'lim maktablari buzilishi haqidagi ma'lumotni rad etdi

O‘zbekiston 08:22 / 22.02.2019 4135

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi bir nechta umumta'lim maktablarining buzilishi haqida ma'lumot tarqatildi. Shu munosabat bilan Xalq ta'limi vazirligi ushbu xabarni noto‘g‘ri ekanligini ma'lum qildi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta'lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini Xalq ta'limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Xalq ta'limi vazirligiga mazkur maktablarning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushmagan.

Ko‘proq yangiliklar: