Toshkentda sher bolalarini 6 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

O‘zbekiston 21:27 / 22.02.2019 13876

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy oldi-sotdisi fosh qilindi, deb xabar bermoqda DBQ axborot xizmati.

«Fuqarolar N.A., A.Z., R.D. va A.A.lar «Lasetti» hamda «Spark» avtomashinalari salonidagi 2 bosh sher bolalarini 6 ming AQSh dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi», — deyiladi qo‘mita xabarida.

Ta'kidlanishicha, hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: