Toshkentda Qibraydagi yong‘in tufayli suv ta'minotida uzilishlar sodir bo‘lishi mumkin

Jamiyat 15:06 / 22.02.2019 15743

Joriy yilning 22 fevral kuni Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, elektr stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in sababli suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi to‘xtagan. Shu bois, hozirda Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir bo‘lishi mumkin.

«Hozirda yong‘in bartaraf etilib, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar ma'muriyati uzr so‘raydi», - deyiladi xabarda.
 

Ko‘proq yangiliklar: