Rossiyada 2015 yildan buyon birinchi marta armiya generali paydo bo‘ldi

Jahon 14:32 / 22.02.2019 22077

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni Oleg Salyukovga armiya generali harbiy unvonini berdi. Tegishli farmon 22 fevral, juma kuni, huquqiy axborot portali orqali e'lon qilindi.

Hujjat matniga ko‘ra, xuddi shu buyruq bilan mamlakat Qurolli kuchlari Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Ivan Buvalsev va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Lapinga general-polkovnik unvoni berildi.

Salyukov Rossiya zamonaviy tarixida armiya generali unvonini olgan 65-harbiy qo‘mondonga aylandi. Bundan avval shunday unvon 2015 yilda berilgan: o‘shanda uni ayni damda Rosgvardiya direktori lavozimini egallab turgan Viktor Zolotov hamda mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Popov olgan. 1992 yilda mudofaa vaziri lavozimini egallagan Pavel Grachyov Rossiyaning birinchi armiya generaliga aylandi.

Oleg Salyukov 1955 yil 21 may kuni Saratovda tug‘ilgan. 1977 yilda Ulyanovsk gvardiya oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti, 1985 yilda - Zirhli tank qo‘shinlar harbiy akademiyasi, 1996 yilda - Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini bitirgan. 2010 yildan 2014 yilgacha Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimini egallagan. 2014 yil may oyida Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni etib tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: