O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston 22:12 / 22.02.2019 5630

Prezidentning 22 fevraldagi 5667-sonli farmoniga muvofiq, O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

·      o‘z a'zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;

·      ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy mezonlar metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarda, mamlakatimiz sotsiologiya hamjamiyatining intellektual va ilmiy-texnik salohiyatini yuksaltirishda ishtirok etish, shu jumladan, ijtimoiy tajribalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritish;

·      O‘zbekistonda va xorijda demografik jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishga ko‘maklashish;

·      sotsiologlar va boshqa xodimlarning malakasini oshirish;

·      oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlariga sotsiologiya fanidagi eng yangi yutuqlarni va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha ular bilan hamkorlik qilish;

·      xalqaro va xorijiy sotsiologlar assotsiatsiyalari bilan hamkorlik qilish, sifatli sotsiologik ishlarni, shu jumladan, xorijda o‘tkazish maqsadida konsorsium tashkil etish;

·      Xalqaro sotsiologlar assotsiatsiyasiga a'zo bo‘lish, butun jahon sotsiologik kongresslar va forumlarda ishtirok etish.

Shuningdek, “Ijtimoiy fikr” markazi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, moliya, iqtisodiyot va sanoat, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti;

O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi byulletenlari va kundalik ma'lumotlari to‘plami;

xorijiy matbuot sharhlari va ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid tahliliy ma'ruzalari majburiy jo‘natiladigan reyestrga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

·      bir oy muddatda “Ijtimoiy fikr” markazini mazkur Farmonga muvofiq uning nomi o‘zgartirilganini va ustuvor vazifalari belgilab olinganini hisobga olgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi;

·      tashkil etilayotgan O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, ustav organlarini shakllantirishda unga har tomonlama ko‘maklashadi;

·      ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.

Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Prezident maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklatildi.

Ko‘proq yangiliklar: