Maduro Trampning siyosatini tushuntirdi

Jahon 00:59 / 22.02.2019 16413

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning fikricha, AQShning Venesuelaga nisbatan hozirgi siyosati AQShda 2020 yilda o‘tadigan prezident saylovlari bilan bog‘langan. U bu haqda Hispan TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Maduroning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning reytinglari uni keyingi saylovlarda Demokratik partiya nomzodlari osonlikcha yengib o‘tishlarini ko‘rsatmoqda. Shu sababli Tramp chorasiz qolgan va o‘z pozitsiyalarini Venesuela, Kuba va Nikaraguaga qarshi harbiy harakatlar va bayonotlar bilan yaxshilay olishi mumkin, deb hisoblamoqda. “Bu saylov kampaniyasini boshlash uchun eng jirkanch usuldir”, deb aytgan Maduro.

Venesuela prezidentining ta'kidlashicha, Trampning Venesuelani zabt etish istagi ushbu mamlakatning neft, gaz va boshqa foydali qazilmalari kabi boyligi bilan bog‘langan.

Shu bilan birga Maduro davlati Tramp bayonotlariga qarshi birdam va yakdil ekanini aytgan. “Barcha so‘rovnomalarda venesuelaliklarning 90 foizdan ko‘prog‘i AQShning har qanday aralashuvi, harbiy tajovuziga qarshi ekanligi aytilgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Maduro. 

20 fevralda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Nikaragua prezidenti Daniel Ortega hokimiyati yaqin orada poyoniga yetishini aytgan. Uning aytishicha, AQShda Orteganing “kunlari bitgan va xalq yaqin orada ozod bo‘ladi” deb hisoblanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: