KIA Rio Rossiyada eng keng tarqalgan xorijiy avtomobilga aylandi. Daewoo Nexia nechanchi o‘rinda?

Fan-texnika 18:04 / 22.02.2019 31071

«AVTOSTAT» tahliliy agentligi ekspertlari xabariga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvar holatiga Rossiyada 27 million dona yengil avtomobillar mavjud. Agentlik ularning reytingini tuzib chiqdi.

Eng keng tarqalgan xorijiy avtomobilga KIA Rio aylandi - mamlakatda ushbu modelning 752 ming donasi mavjud. Ikkinchi o‘rin ham Janubiy Koreya modelida - Hyundai Solaris (739,2 ming dona). O‘z navbatida, sobiq yetakchi - Ford Focus - uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Uning natijasi 737,2 ming dona ro‘yxatdan o‘tgan avtomobilga teng.

Reytingning to‘rtinchi pozitsiyasi Toyota Corolla’ga (697,3 ming dona) tegishli, u Rossiyada 2017 yilga qadar eng ko‘p sotilgan xorijiy avtomobil edi. Kuchli beshlikka Renault Logan (670,9 ming dona) yakun yasab berdi. Ulardan tashqari, 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra top-10da quyidagi yengil avtomobillar bor: Chevrolet Niva (613,6 ming dona), Volkswagen Polo (464,3 ming dona), Toyota Camry (424,6 ming dona), Daewoo Nexia (422 ming dona) va Skoda Octavia (394,5 ming dona).

Ko‘proq yangiliklar: