Hukumatning «O‘zbekneftgaz» tashkilotlari bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi

O‘zbekiston 08:18 / 22.02.2019 20872

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekneftgaz”AJ tashkilotlarining sohaga oid bo‘lmagan aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarida maxsus tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 1 maydagi PQ-2938-son qaroriga muvofiq «Sho‘rtan GKK» MChJ tomonidan Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari yakunlangan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 15 iyundagi PQ-3057-son qaroriga muvofiq «Sho‘rtan GKK» MChJ tomonidan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida «Qorabayir otchilik majmuasi» UK bazasida qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish bo‘yicha majmua foydalanishga topshirilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 18 fevraldagi PQ-4194-son qaroriga muvofiq «Qorabayir otchilik majmuasi» qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish bo‘yicha majmuani «Sho‘rtan GKK» MChJ tasarrufidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufiga o‘tkazish nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va «O‘zbekneftgaz» AJning «Sho‘rtan GKK» MChJ tomonidan belgilangan tartibda:

Qashqadaryo viloyatining ro‘yxat bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspluatatsiya qiluvchi tibbiyot tashkilotlariga balans qiymati bo‘yicha bepul asosda berish;

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi «Qorabayir otchilik majmuasi» UK bazasidagi qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish bo‘yicha majmuani «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ustav kapitalida davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga baholash qiymatida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ikki oy muddatda tegishli ravishda ushbu bandda qayd etilgan sog‘liqni saqlash muassasalari va qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish bo‘yicha majmua belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini ta'minlaydilar.

Belgilanishicha, berilayotgan sog‘liqni saqlash muassasalari va qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish bo‘yicha majmuaning qiymati yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda tomonlarning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi 2019 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspluatatsiya qiluvchi tibbiyot tashkilotlariga beriladigan sog‘liqni saqlash muassasalarini saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur mablag‘lar ajratadi hamda 2020 yildan boshlab ularni saqlash xarajatlari uchun zarur budjet mablag‘lari har yili ajratilishini nazarda tutadi.

«Sho‘rtan GKK» MChJning «Qurilish-montaj va ta'mirlash boshqarmasi» sho‘'ba korxonasi hamda uning subpudrat tashkilotlari — «Alrut Build» MChJ, «Porloq Taraqqiot Qurilish Servis» MChJ va «Qashqadaryo Maxsus Qurilish Dizayn» sho‘'ba korxonasi tomonidan Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini bajarish doirasida ro‘yxat bo‘yicha olib kelingan tibbiyot uskunalari va boshqa asbob-uskunalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlar va mebel bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «O‘zbekneftgaz» AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq olib kelingan tovarlar — tibbiyot uskunalari va boshqa asbob-uskunalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlar va mebeldan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qat'iy nazorat o‘rnatadi.

Belgilab qo‘yilishicha, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq olib kelingan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda bojxona imtiyozlari taqdim etilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.N. Xasilov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklandi.

«Sho‘rtan GKK» MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspluatatsiya qiluvchi tibbiyot tashkilotlariga bepul asosda beriladigan Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarining

RO‘YXATI

T/r

Sog‘liqni saqlash muassasalarining nomi

Bajarilgan ishlar

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari va tashkil etilgan o‘rin fondi

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali

1 ta yangi binoni qurish, mavjud 3 ta binoni kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 120 ta.

2.

Akademik Yo.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali

2 ta yangi binoni qurish, mavjud 6 ta binoni kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Endokrinologiya kasalliklarni davolash.

O‘rin fondi — 150 ta.

3.

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi

3 ta yangi binoni qurish, mavjud 1 ta binoni kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Yuqumli kasalliklarni davolash.

O‘rin fondi — 220 ta.

4.

G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya bo‘limi

Tuman poliklinikasini kapital ta'mirlash, endokrinologiya bo‘limini tashkil etish.

Endokrinologiya kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 20 ta.

5.

Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya va kardiologiya bo‘limi

Tuman poliklinikasini kapital ta'mirlash, endokrinologiya va kardiologiya bo‘limlarini tashkil etish.

Endokrinologiya va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 40 ta.

6.

Kitob tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya va kardiologiya bo‘limi

Ikki qavatli yangi binoni qurish, endokrinologiya va kardiologiya bo‘limlarini tashkil etish.

Endokrinologiya va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 40 ta.

7.

Koson tumani tibbiyot birlashmasining kardiologiya bo‘limi

Tuman poliklinikasini kapital ta'mirlash, kardiologiya bo‘limini tashkil etish.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 20 ta.

8.

Nishon tumani tibbiyot birlashmasining kardiologiya bo‘limi

Tuman poliklinikasini kapital ta'mirlash, kardiologiya bo‘limini tashkil etish.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 20 ta.

9.

Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasining endokrinologiya bo‘limi

Tuman poliklinikasini kapital ta'mirlash, endokrinologiya bo‘limini tashkil etish

Endokrinologiya kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 20 ta.

10.

Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining kardiologiya bo‘limi

Ikki qavatli yangi binoni qurish, kardiologiya bo‘limini tashkil etish.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.

O‘rin fondi — 20 ta.

Ko‘proq yangiliklar: