Chirchiq shahar IIB boshlig‘i o‘zgardi

O‘zbekiston 10:17 / 22.02.2019 20518

Toshkent viloyati IIBda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Sherzod Abduvaliyevich Shermuhamedov

Xususan, podpolkovnik Sherzod Abduvaliyevich Shermuhamedov Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Dilshod Muhammadjonovich Xojamatov

mayor Dilshod Muhammadjonovich Xojamatov Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;

podpolkovnik Dilshod Mamirjonovich Muhamedjanov Jinoyat qidiruv boshqarmasi Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

mayor Xayriddin Sirojiddinovich Azizov Vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan kurashish boshqarmasi, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimidan ozod etilib, Toshkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: