AQSh Suriyada 200 harbiydan iborat kontingentni qoldiradi

Jahon 07:49 / 22.02.2019 4705

AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqqandan keyin 200 harbiydan iborat “kichik tinchlikparvar kontingenti”ni qoldirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

“Taxminan 200 kishidan iborat kichik kontingent Suriyada muayyan muddatga qoladi”, deb aytgan Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders.

Sanders bu qarorni “respublikada tinchlikni ta'minlash maqsadi” bilan tushuntirgan. Ta'kidlanishicha, ushbu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatlashgandan keyin e'lon qilingan.  

AQSh prezidenti Donald Tramp 19 dekabrda Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishini e'lon qilgandi. U o‘z qarorini IShID ustidan g‘alabaga erishilgani va terrorchilarga qarshi kurash AQSh qurolli kuchlarining Suriyada harakat qilishining yagona sababi bo‘lgani bilan tushuntirgandi. Suriyada ayni vaqtda AQShning 2 minglik qo‘shini bor. 

Ko‘proq yangiliklar: