Amerikalik admiral: Rossiya da'volariga qaramay, Arktika ochiq hudud bo‘lib qoladi

Jahon 08:50 / 22.02.2019 13697

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Yevropa va Afrikadagi qo‘mondoni, admiral Jyeyms Foggo ma'lum qilishicha, Rossiya o‘z «hududi» deb hisoblashiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Arktikani ochiq hudud sifatida saqlab qolishga harakat qiladi. Bu haqda Washington Examiner yozmoqda.

Foggoning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni mintaqada Rossiya va Xitoyning juda ko‘plab «harakatlarini» qayd etmoqda.

«Rossiya Arktikani o‘z hududi deb hisoblaydi. Ammo aslida bu xalqaro miqyosda joylashgan hudud va shuning uchun uni erkin hamda ochiq holda saqlashga intilamiz», - dedi Foggo.

Admiral Qo‘shma Shtatlar Arktika hududida erkinlikni qanday boshqarishiga aniqlik kiritmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Arktika bo‘yicha rejalari ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: