Yevropa Ligasi. «Sevilya» «Latsio»ni musobaqadan tushirib yubordi

Sport 00:27 / 21.02.2019 3893

Yevropa Ligasida 1/16 finaldan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.  

«Sevilya» o‘z maydonida «Latsio»ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Ben-Yyedder va Sarabiya hisobiga yozildi. Dastlabki o‘yinda ham andalusiyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. Natijada ular musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l olishdi.

1/16 finalning boshqa o‘yinlari ertaga, 21 fevral kuni o‘tkaziladi.

Yevropa Ligasi, 1/16 final
Javob o‘yini
 
Sevilya Ispaniya – Latsio Italiya 2:0 
20 fevral, «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni 
Gollar: 1:0 – 20 Ben-Yyedder, 2:0 – 78 Sarabiya. 
Sevilya – Vatslik, Merkado, Ker, Eskudero (Promes, 6), Gomes, Sarabiya, Navas, Mesa (Rog, 82), Vaskes, Ben-Yyedder, Andre Silva (Amadu, 64).
Latsio – Strakosha, Acherbi, Radu, Marushich, Gabarron (Korrea, 49), Kataldi, Lulich, Badel (Durmisi, 76), Milinkovich-Savich (Romulo, 56), Immobile, Kaysedo.
Ogohlantirishlar: Vaskes (18), Gabarron (21), Kaysedo (31).
Chetlatishlar: Vaskes (60), Marushich (71).
Dastlabki o‘yin: 1:0

Ko‘proq yangiliklar: