Vengriyaga Venesueladan yuzlab qochqinlar keldi

Jahon 19:51 / 21.02.2019 6202

Venesuelada yuz berayotgan inqiroz ortida Vengriya hukumati venger ildizlariga ega qochqinlar uchun dasturni amalga oshirmoqda.

index.hu portalining ma'lum qilishicha, bu dastur bo‘yicha Lotin Amerikasi davlatidan Vengriyaga 300 ga yaqin odam jo‘nab ketdi. Ularga  Budapeshtda bir yilga uy-joy, ishlashga ruxsat va til kurslari taqdim qilingan.

Ta'kidlanishicha, dastur Malta ordeni xayriya xizmati bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: