Tramp va Kim Chen Inning Xanoydagi uchrashuvi Singapurdagi format bo‘yicha o‘tadi

Jahon 22:24 / 21.02.2019 2320

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning Vetnam poytaxti Xanoyda 27-28 fevraldagi uchrashuvi 2018 yilda Singapurda o‘tgan ilk uchrashuvi kabi o‘tadi. Bu haqda AQSh ma'muriyati vakili jurnalistlar uchun telefon orqali brifingda ma'lum qilgan.

“Shuni aytishim mumkinki, format bo‘yicha bu uchrashuv o‘tgan yil 12 iyunda Singapurda ko‘rganimizga o‘xshash bo‘ladi. Ikki yetakchida yakkama-yakka uchrashish, birga tushlik qilish, delegatsiyalarining kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvlarida ishtirok etish imkoni bo‘ladi”, deb aytgan manba.

“Gap Shimoliy Koreyani yadroviysizlash haqida ketadi, buni tomonlar kelishib bo‘lgan va bu Tramp ushbu sammit orqali erishmoqchi bo‘layotgan bosh maqsaddir”, deb qo‘shimcha qilgan manba.

AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari o‘rtasidagi ilk tarixiy uchrashuv 2018 yil 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tgandi. Uning yakunlariga ko‘ra qo‘shma hujjat imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: