«Real» Beylni sotmoqchi. Unga uch klub da'vogar

Sport 15:51 / 21.02.2019 15258

Garet Beyl «Real»ni yozgi transferlar vaqtida tark etishi mumkin.

Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, ispanlar klubi Vinisius va Lukas Vaskesga raqobatda yutqazayotgan uelslik 29 yoshli futbolchisini sotishga tayyor.

Qayd etish kerakki, futbolchi o‘tgan yil yozidayoq klubni tark etishga tayyor edi, ammo klub rahbariyati uni qolishga ko‘ndirgandi.

Ayni vaqtda Beylga «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» klublari asosiy talabgorlar bo‘lib turishibdi.

Londonliklar klubi «Real» da'vogarlik qilayotgan daniyalik yarimhimoyachisi Kristian Eriksen evaziga sobiq futbolchisini qaytarish variantiga qarshi emasligi aytilmoqda. «Chelsi»ga esa Beyl Eden Azar o‘rniga yo‘l olishi mumkin.

Garet Beyl joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida «Real» uchun 30 uchrashuvda maydonga tushgan va 12 gol urib, 5 golga uzatma bergan.

«Real» Beylni 2013 yil yozida 101 million yevro evaziga «Tottenhem»dan o‘z safiga qo‘shib olgan va bu rekord darajadagi transfer bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: