Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bugun Qozondagi Kremlda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tatariston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.
«Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, iqtisodiyot, ta'lim, madaniyat sohalaridagi o‘zaro aloqalar muhokama qilinadi», - deya xabar berishgan matbuot xizmatidan.
2017 yilda Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 92,7 million dollarni tashkil etdi. Tatariston O‘zbekistonga qora metalldan mahsulotlar, plastmassa, kauchuk va rezina yetkazib beradi. O‘zbekiston Tatariston bozoriga kiyim-kechak, trikotaj va paxta yuboradi. Ikki mamlakat o‘rtasida 2018 yildagi savdo hajmi ochiq manbalarda hozircha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ochilboy Ramatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Tataristonga borishi, tashrif HHK harbiy-transport aviatsiyasi samolyoti bilan amalga oshirilishi xabar qilingandi.