Fransiyada yorug‘lik qilichlaridagi bellashuvlar rasmiy sport turi deb tan olindi

Sport 00:21 / 21.02.2019 2861

Fransiya qilichbozlik federatsiyasi yorug‘lik qilichlaridagi bellashuvlarni rasmiy sport turi deb tan oldi. Mamlakatda bunday bellashuvlarda ishtirok etishni istovchilar soni jadal ko‘paymoqda, deb xabar berdi Mashable portali.

“Yulduzli janglar” filmi ixlosmandlari yaqinda klassik qilichbozlikka raqobat tashkil qilishlari mumkin. 

Yangi sport turi bilan shug‘ullanish uchun “jidaylar” qilichining polikarbonatdan ishlangan, rangli yorug‘lik diodlari bilan jihozlangan nusxasini va himoyalovchi anjom xarid qilish kerak. Ushbu to‘plam taxminan 400 dollarga aylanadi.

Yangi sport turidagi qoidalarni odatiy qilichbozlikdagi kabi belgilash rejalashtirilgan. Bellashuvda g‘olib bo‘lish uchun birinchi bo‘lib 15 ball yig‘ish yoki 3 daqiqada ochkolar bo‘yicha yutish kerak. Boshga va badanning yuqori qismiga zarbalar 5 ball, oyoq-qo‘llarga 3 ball, qo‘l panjasiga esa bir ball keltiradi.

Ko‘proq yangiliklar: