Bonuchchi: «Real» taklifini rad qildim»

Sport 20:10 / 21.02.2019 3529

«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi o‘tgan mavsumda «Milan»ni tark etayotganida «Real»dan taklif olgani haqida gapirib berdi.

«Real» taklifini qabul qilmadim. Ammo bunday klubdan taklif olish – men uchun sharaf edi. Bu o‘z ishimni yaxshi bajarayotganimdan dalolat berardi.

«Yuventus»dan taklif olgach, yana uyga qaytish istagi tufayli, qalbim «byankoneri»ni afzal ko‘rdi», - deb Bonuchchi so‘zlarini keltirmoqda AS.

Joriy mavsumda Bonuchchi «Yuventus» tarkibida 27ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: