Bangladeshdagi yong‘inda 69 kishi halok bo‘ldi

Jahon 07:45 / 21.02.2019 3695

Bangladesh poytaxti Daqqadagi yong‘inda 69 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 50 ga yaqin kishi shifoxonaga yetkazilgan. Avvalroq 41 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingadi. Bu haqda Channel News Asia nashri ma'lum qildi.

Yong‘in aholi yashaydigan 4 qavatli uyda yuz bergan. Uyning bir qismi kimyo ombori sifatida ham qo‘llangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga gaz balloni sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Bangladesh o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Ali Ahmadning ta'kidlashicha, qurbonlar soni oshishi mumkin. 

bdnews24 portali ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan 20 fevral soat 22:30da boshlangan, so‘ngra yana 4 ta inshootga tarqalgan.

Ko‘proq yangiliklar: