Avstraliyada avtomobil raqamlariga emodzi belgilarini qo‘shishga ruxsat berildi

Jahon 08:43 / 21.02.2019 6977

Avstraliyaning Kvinslend shtati ma'muriyati aholiga emodzi belgilari joylashtirilgan avtomobil raqamlarini buyurtirishga ruxsat berdi. Bu haqda raqamlarni tayyorlaydigan Personalised Plates Queensland (PPQ) kompaniyasi ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, bunday avtomobil raqamlariga 1 martdan buyurtma berish mumkin bo‘ladi. Ularni olmoqchi bo‘lganlarga 5 ta smaylikdan (tabassum qilayotgan, ko‘zini qisayotgan, quyosh ko‘zoynaklaridagi, qahqaha otayotgan va yurakchali) birini hamda 3 ta harf va 2 ta raqamdan iborat kombinatsiyani tanlashlari kerak bo‘ladi.

Yangi raqamni qayd qilish 475 Avstraliya dollari turadi. Raqamni almashtirish 165 dollarga, shikastlanganini almashtirish 85 dollarga aylanadi. Emodzili eng kreativ raqam muallifiga iPhone XS Max smartfoni sovg‘a qilinadi.

Avtomobil raqamlariga noodatiy belgilarni nafaqat Kvinslendda qo‘shish mumkin. Misol uchun, Viktoriya shtatida raqamlarga Avstraliya futbol ligasi AFL belgilari, Betmen va Supermen ramzlarini qo‘shishga ruxsat beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: