Amerikaliklar Montana shtatini Kanadaga 1 trillion dollarga sotmoqchi

Jahon 14:08 / 21.02.2019 15896

AQShda Amerika davlat qarzini qisqartirish uchun Kanadaga Montana shtatini sotib yuborishga chaqiruvchi petitsiya paydo bo‘ldi. Bu haqda The New York Post xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, sotish tashabbuskori Yan Xammond sanaladi, u hududning bir qismini 1 trillion dollarga sotib yuborishni taklif qildi.

«Bizda juda ko‘p qarzlar bor, Montana esa foyda keltirmayapti», - deyiladi petitsiyaning sahifasida.

Aniqlik kiritilishicha, hozirgi vaqtda taklif «juda katta e'tiborni o‘ziga jalb qildi», 12 mingdan ziyod amerikalik uni qo‘llab-quvvatlashi haqida bildirgan. Mamlakat hukumati bunday sotuvni taqiqlaydigan chora-tadbirlar ustida ishlashni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat qarzi 22 trln dollardan oshgandi.

Ko‘proq yangiliklar: