1 oy ichida Ijtimoiy moslashuv markazlariga 1712 ayol murojaat qildi

Jamiyat 16:43 / 21.02.2019 5156

Yanvar oyi davomida Respublika bo‘ylab Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari (shelterlar)ga 1712 nafar ayol murojaat qildi. Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

2019 yilning birinchi oyida 1712 ayoldan 303 nafariga - tibbiy, 434 nafariga – psixologik, 377 nafariga – huquqiy yordam ko‘rsatildi. 271 nafar ayolning bandligini ta'minlashga ko‘mak berildi. 99 nafar ayolga kredit olib, o‘z ishini boshlashiga yordam berildi. 487 nafar ayolning oilasi yarashtirildi.

Bugungi kunga kelib O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan shelterlar soni 160 taga yetdi.

O‘zbekistondagi ilk Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi 2018 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida tashkil etib kelinmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: