Yaponiya Rossiyaning qarshiligiga qaramasdan o‘z hududida Amerika majmualarini joylashtiradi

Jahon 14:58 / 20.02.2019 19938

Yaponiya o‘z hududida Amerikaning Aegis Ashore raketaga qarshi mudofaa majmualarini joylashtiradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Taro Kono ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tokio O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchisi emas va mazkur hujjat bo‘yicha hech qanday majburiyat olmagan.

Avvalroq Yaponiya mudofaa vaziri Takesi Ivaya AQShdan sotib olinadigan Aegis Ashore majmualari «Tomagavk» raketalarini uchirish imkoniyatiga ega emasligini, faqatgina ballistik raketalarni tutishga mo‘ljallanganini bildirgandi.

Yaponiya tashqi ishlar vazirining bayonoti Rossiya Aegis Ashore tizimiga kiruvchi Mk-41 raketalarini uchirishga mo‘ljallangan qurilmaning o‘rnatilishi raketalar bo‘yicha shartnoma qoidasini buzadi deb hisoblashiga javoban yangradi.

AQSh 2023 yilga kelib Yaponiyada ikkita Aegis Ashore majmuasini joylashtirishi 2017 yil dekabrda ma'lum bo‘lgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: