«Yangi neft»ga kim egalik qiladi?

Fan-texnika 19:06 / 20.02.2019 37131

Qaysi mamlakatlar ma'lumot ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi? McKinsey kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, sun'iy idrok ma'lumotlaridan foydalanish 2030 yilga kelib jahon iqtisodiyotiga 13 trln dollar olib kelishi lozim. Shuning uchun XX  asr iqtisodiyotida neft kuchlar tartibini belgilagani kabi ma'lumotlar ham dunyoda yangi tartibni o‘rnatishda ahamiyatli o‘rin tutadi.

Foto: Getty Images

Mazkur tadqiqot Tafs universiteti qoshidagi Fletcher maktabi «Digital Planet» tashabbusi va Mastercard kompaniyasi hamkorligining natijasidir. Unda 30 ta davlatdan olingan quyidagi ma'lumotlar tahlil qilingan.

  1. Mamlakatdagi internet foydalanuvchilarining soni, 2017 y (Manba:Euromonitor)
  2. Internet-trafik hajmining mamlakatga to‘g‘ri keladigan yalpi ko‘rsatkichi (simli va mobil). U Cisco va Xalqaro elektrotarmoq ittifoqi bilan birgalikda yaratilgan tahliliy ma'lumotlar to‘plami yordamida aniqlandi.
  3. Terabaytlardagi IP-trafik, 2017y. (Manba: Cisco)
  4. Yuqori tezlikdagi terabaytlardagi mobil internet trafik+yuqori tezlikdagi terabaytlardagi simli internet-trafik (Manba:Xalqaro elektrotarmoq ittifoqi)
  5. 1-raqamliga o‘zgartirilgan 2-raqamli ko‘rsatkich kishi jon boshiga internet-trafikning iste'mol qilinishini beradi.

Dunyodagi ehtimoldagi yangi kuchlar tartibini baholashda quyidagi mezonlardan foydalanish zarur. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, ma'lumotlarni olish imkoniyati asosiy mezon sifatida qolishi lozim. McKinsey tomonidan aniqlangan sun'iy intellekt (SI)ning ijobiy ta'sir qilishini cheklaydigan 18 ta omildan 6 tasi ma'lumotning mavjudligi, hajmi, sifati va undan foydalanishning qulayligi bilan bog‘liq.

Quyida keltirilgan chizmada tadqiqot davomida o‘rganilgan 30 ta mamlakat joylashtirilgan.

 

 

AQSh yuqori natijalar ko‘rsatayotgan bir vaqtda, Xitoy keng tarqalgan fikrlarga zid tarzda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda (agar SIni muvaffaqiyatli qo‘llash kelajakda zaruriy mezon hisoblansa). Yevropa ittifoqini (hozircha uning tarkibida Buyuk Britaniya bor) o‘rganadigan bo‘lsak, u AQSh bilan raqobat qila oladigan asosiy ma'lumot ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. Bundan tashqari, ikkinchi o‘rinni Xitoy, Braziliya, Hindiston va Rossiya asosan qayta ishlanmagan ma'lumotlarni ishlab chiqarish hajmi hisobiga egallashi mumkin. Umuman olganda ular ma'lumotlarni olishdagi cheklovlar sabab qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazishadi.

Ma'lumotlar ochiqligi va mobilligining yuqori darajasi bilan ajralib turadigan Yangi Zelandiya va yirik iqtisodiy ittifoqlarga kirmaydigan (Janubiy Koreya kabi) kichik mamlakatlar haqida ham o‘ziga xos xulosalar qilish mumkin.

Bu mamlakatlarga boshqa «ochiq» mamlakatlar bilan ma'lumotlarni tarqatishga tegishli bo‘lgan savdo bitimlarini imzolash foydali bo‘ladi. Ular ana shu yo‘l bilan foydalanuvchilar soni va jami iste'mol qilinayotgan internet-trafigiga tegishli bo‘lgan tabiiy cheklovlarni yengib o‘tishlari mumkin. Bu kabi savdo bitim va ma'lumotlarni almashish to‘g‘risidagi kelishuvlar qanday shaklda bo‘lishi hali ma'lum emas, biroq ularning paydo bo‘lishi ehtimoli katta. Ayniqsa, yalpi ma'lumotlar mahsuloti boshqa istalgan mahsulot kabi qimmatga egaligi tan olinsa.

Shubha yo‘qki, vaqt o‘tishi bilan SIni qo‘llashning yanada yuqori qiymatga ega bo‘lgan yangi usullari paydo bo‘ladi.

Quyida esa murakkablik va ma'lumot olish imkoniyati hisobga olingan chizma aks ettirilgan.

 

Va nihoyat, to‘rt mezonning bari muhim sanalgan ssenariy o‘rganilgan. Agar ularning barchasiga bir xil og‘irlik berilsa, yangi ma'lumotlar ishlab chiqaruvchilari va jahondagi yangilangan tartibga ega bo‘lamiz:

  1. AQSh
  2. Buyuk Britaniya
  3. Xitoy
  4. Shveytsariya
  5. Janubiy Koreya
  6. Fransiya
  7. Kanada
  8. Shvetsiya
  9. Avstraliya
  10. Chexiya Respublikasi
  11. Yaponiya
  12. Yangi Zelandiya
  13. Germaniya
  14. Ispaniya
  15. Irlandiya
  16. Italiya
  17. Portugaliya
  18. Meksika
  19. Argentina
  20. Chili
  21. Polsha
  22. Braziliya
  23. Gretsiya
  24. Hindiston
  25. JAR
  26. Vengriya
  27. Malayziya
  28. Rossiya
  29. Turkiya
  30. Indoneziya

Yuqorida namoyish etilgan chizmalar SI uchun kelajakda muhim bo‘ladigan ma'lumotlarni ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlar haqida. 

Ma'lumotlar zamonaviy iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi sanaladi va kelajak iqtisodiyotida yanada ahamiyatli o‘rin tutadi. 2017 yilda Economist jurnali endilikda neft emas, ma'lumotlar eng qimmatli jahon resursi sanaladi: «yugurishga borasizmi, televizor tomosha qilasizmi yoki tirbandlikda turasizmi, sizning deyarli barcha faoliyatingiz raqamli iz – ma'lumotlarni qayta ishlash korxonalari uchun xomashyo qoldiradi». Ana shu ma'lumotlarni o‘rganish yordamida o‘rganilgan algoritmlar global tranformatsiyaga olib keladi. Ehtimol, undan dunyodagi yangi tartib, shuningdek yangi «YaIM» - yalpi ma'lumotlar mahsuloti yuzaga keladi. U davlat qudratini va farovonligini o‘lchashning yangi birligini aks ettiradi. Ushbu yangi landshaft qanday ko‘rinishda bo‘lishini aniqlash vaqti yetib keldi.

Ko‘proq yangiliklar: