Xalq ta'limi muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi

O‘zbekiston 09:22 / 20.02.2019 5677

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda xalq ta'limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2020-2022 yillarda xalq ta'limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi:

2020-2022 yillarda xalq ta'limi muassasalarining yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha asosiy parametrlari;

2020-2022 yillarda xalq ta'limi muassasalarining mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalari bilan ta'minlash asosiy parametrlari;

xalq ta'limi muassasalari qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlanishi mumkin.

2020-2022 yillarda xalq ta'limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash doir chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi komissiya tarkibi tasdiqlanadi.

Komissiya (A.Ramatov):

dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas'ul bo‘lgan vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

zaruriy hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2020 — 2022 yillarda xalq ta'limi muassasalari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash hamda jihozlashning manzilli dasturiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Dastur doirasida xalq ta'limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha:

Xalq ta'limi vazirligiga markazlashgan holda ajratilgan mablag‘lar hisobidan tovar, xizmatlarni shuningdek, xalq ta'limi ta'lim muassasalarini jihozlash yuzasidan xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi etib — Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta'lim ta'minot” davlat unitar korxonasi belgilanadi;

Xalq ta'limi muassasalarini loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, qurilish obektlari sifatini monitoring qilish xamda qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha buyurtmachi etib — Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta'limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy bo‘limlari zimmalariga yuklatiladi;

Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Davlat budjeti mablag‘lari;

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;

jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xalq ta'limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblariga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil va kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan xalq ta'limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: