Venesuela dengiz chegarasini yopib qo‘ydi

Jahon 23:02 / 20.02.2019 8991

Venesuela Aruba, Boneyr va Kyurasao orollari bilan dengiz chegarasini yopishga, u yerlarga parvozlarni to‘xtatishga va o‘zaro munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu haqda Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges ma'lum qildi. 

“Venesuela bu davlatlar bilan nafaqat chegarani yopishga, balki munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu choralar ularning hukumatlari xalqaro huquqqa amal qilmaguncha va ularni hurmat qilmaguncha amal qiladi”, deb aytgan Rodriges. 

Venesuela vitse-prezidentining ta'kidlashicha, Kyurasao borasida choralar vaqt bo‘yicha noma'lum xarakterga ega. Bu orol Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatga kiritishni istamayotgan gumanitar yordam to‘planayotgan markazlardan biriga aylangan. Muxolifat yordam 23 fevraldan boshlab yetkazilishiga va'da bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: