Toshkentda olti davlat bosh shtab boshliqlari uchrashadi

O‘zbekiston 08:05 / 20.02.2019 9486

21 fevral kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anjuman mintaqada xavfsizlikni ta'minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlanadi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari CENTKOM qo‘mondoni ishtirok etadi.

Anjumanda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Anjuman doirasida delegatsiya rahbarlari alohida ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishi, shuningdek, delegatsiya a'zolarining O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayonini kuzatishlari rejalashtirilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: