Toshkent halqa avtomobil yo‘li atrofida «yashil belbog‘» paydo bo‘ladi

Jamiyat 15:53 / 20.02.2019 13153

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida «Yashil belbog‘» loyihasini amalga oshirishni boshladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, «Yashil belbog‘» loyihasi Toshkent shahar halqa avtomobil yo‘li atrofida bosqichma-bosqichda, xususan birinchi bosqich 2019 yilning bahor oyida – 20 fevraldan 20 aprelga qadar, ikkinchi bosqich kuz mavsumida – 20 oktyabrdan 20 dekabrga qadar amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Unda shahar iqlimiga mos, suvsizlikka chidamli, tez o‘sadigan yaproq va igna bargli daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va obodonlashtirish boshqarmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar shakllantiriladi, shuningdek, joylarda tuman hokimliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan belgilangan maydonlarda manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari to‘liq ekilishi va ularning o‘zlari tomonidan barcha agrotexnika talablari asosida parvarish qilinishi ta'minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: