Sirojiddin Sayfiyev uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi

Sport 16:50 / 20.02.2019 31829

Samarqandning «Dinamo» klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev 37 yoshida uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda GoSport manbasi xabar bermoqda.

Futbolchi uzoq vaqtlardan buyon o‘pka saraton kasalligi bilan og‘rib kelayotgandi. 2016 yilda saraton o‘simtasi uning bosh qismida ham aniqlanadi.

Sayfiyev 2014 yil «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olib faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgandi. 2016 yilda esa avvaliga uning o‘pkasida, keyinchalik boshida o‘simta aniqlangandi.

Bir necha marotaba turli nashrlarda uning sog‘lig‘ini yaxshilash va davolanishiga ko‘maklashish maqsadida «Taslim bo‘lma, Siroj», «Biz sen bilan Siroj» kabi aksiyalar tashkil qilingandi.

Sayt tahririyati marhum futbolchining yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: