ShHT va ASeAN tashkilotlari o‘rtasida qator sohalarda amaliy hamkorlik o‘rnatiladi

Jahon 14:30 / 20.02.2019 2341

18 fevral kuni ShHT bosh kotibi Vladimir Norov boshchiligidagi mazkur tashkilot delegatsiyasi ASeAN bosh kotibi Dato Lim Jok Xoyning taklifiga binoan Jakarta shahriga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kunida Norov ASeANga a'zo-davlatlarning doimiy vakillari, ShHTga a'zo-davlatlarning Indoneziyadagi elchilari va diplomatik missiyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

ShHT bosh kotibi uchrashuv ishtirokchilariga tashkilotning maqsad va vazifalari, faoliyati hamda yaqin istiqbolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

Vladimir Norov ShHT va ASeAN o‘rtasida xavfsizlikni ta'minlash, terrorizm va separatizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, investitsiyaviy, bank va moliyaviy hamkorlik, savdoni raqamlashtirish, turizm, ta'lim yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflar berdi.  

2005 yilda Jakartada ShHT va ASeAN kotibiyatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, unda ikki tashkilot o‘rtasida qator yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: