Rossiya va Hindiston gipertovushli raketa yaratadi

Jahon 11:41 / 20.02.2019 12849

Rossiya va Hindiston birgalikda Brahmos-2 gipertovushli raketani yaratadi. Bu haqda RIA «Novosti» BrahMos kompaniyasining axborot texnologiyalar departamenti direktori Pravin Patxakka asosan xabar bermoqda.

Agentlikdan aniqlik kiritilishicha, u 2024 yilgacha ishlab chiqilishi va sinovdan o‘tkazilishi kerak.

«U (ish) eng ko‘pi bilan besh yil vaqtni oladi. 2023 yil oxiri - 2024 yil boshida sinov parvozi amalga oshirilishi mumkin», - deya qayd etib o‘tdi Patxak.

Ta'kidlanishicha, Brahmos kompaniyasi - Rossiya-Hindiston qo‘shma loyihasi. Rossiya tomonidan unda «Mashinostroyeniya» shirkati ishtirok etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya gipertovushli raketani qachon yaratishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: