«Real» prezidenti Beylning transfer narxini belgiladi

Sport 20:32 / 20.02.2019 10448

«Real» prezidenti Florentino Peres yarimhimoyachi Garet Beylning transfer narxini belgilab qo‘ydi.

Telemadrid xabariga ko‘ra, mulozim uelslik futbolchini 150 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgan istalgan klubga berib yubormoqchi.

29 yoshli Beylning «Real»ni tark etishi haqidagi mish-mishlar o‘tgan mavsumdan beri avj olgan. Uning xizmatiga «Manchester Yunayted», «Yuventus» va «Milan» klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Beyl Primerada 19ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: