Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi do‘kondan 11 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketdi

Jamiyat 16:32 / 20.02.2019 7802

2018 yil 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2018 yil 16 noyabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Navobod qishlog‘ida joylashgan do‘koniga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, u yerdan 11 300 000 so‘m puli va “Samsung” rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlog‘ida yashovchi, 21-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi, S.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.  

Ko‘proq yangiliklar: