Pharmclub Awards 2018: Farmatsevtika sohasining eng yaxshilari taqdirlanadi

Jamiyat 17:55 / 20.02.2019 2162

14 mart kuni II Farmatsevtika anjumani doirasida O‘zbekistonda farmatsevtika sohasining eng faol ishchilarini taqdirlashga bag‘ishlangan Pharmclub Awards 2018 marosimi bo‘lib o‘tadi. Kun.uz muxbiri 20 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

II Farmatsevtika anjumanida Rossiya Federatsiyasining dorixona biznesini rivojlantirish bo‘yicha professional maslahatchisi, Rossiya farmatsevtik marketingi uyushmasining haqiqiy a'zosi Pavel Lisovskiy, Ukrainaning "Tibbiy marketing agentligi" biznes-treneri, shifokor Yuriy Chertkov, Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruvi magistri, farmatsevtika fanlari nomzodi Olga Grinsova, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimi a'lochisi Jupar Baypakbayeva hamda O‘zbekistondan Meros korporatsiyasi bosh direktori Maksim Kostromskoy, ISMO Corp Ltd kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Ilgiz Nurgalimovlar so‘zga chiqishadi.

Mutaxassislar farmatsevtikada rejalashtirish, asosiy e'tiborni iste'molchiga qaratish, personal tanlashning o‘ziga xos jihatlari, foydali testlar, dorixona biznesidagi asosiy jarayonlar, sohada raqobat, dorixona brendini qurish strategiyalari, xizmatlar sifatini oshirish kabi ko‘plab mavzularda qiziqarli ma'lumotlar bilan bo‘lishishadi.

Pharmclub Awards 2018 taqdirlash marosimi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshilarni mukofotlashni ko‘zda tutadi:

·      Yilning eng yaxshi ishlab chiqaruvchisi (mahalliy);

·      Yilning eng yaxshi ishlab chiqaruvchisi (xorijiy);

·      Yilning eng taniqli OTS (retsepsiz beriladigan) dori vositasi;

·      Yilning eng taniqli tibbiy texnika brendi;

·      Yilning eng taniqli BFQ (biologik faol qo‘shimcha) vositasi;

·      Yilning eng yaxshi dorixona tarmog‘i;

·      Yilning eng yaxshi dorixonasi.

Farmatsevtika sohasining eng yaxshilariga iste'molchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda onlayn ovoz beriladi. Buning uchun www.pharmclub.uz sayti, t.me/pharmclubuz telegram-kanaliga kirish kerak bo‘ladi.

"Anjumandan asosiy maqsad - dorixona tizimida ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatini, farmatsevtika sohasini rivojlantirish. Xorij tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, ular bu sohadagi rivojlanish bo‘yicha ancha oldinda. Dorixona tizimida ta'lim berishdan tortib to biznes-modelni yuritguncha ular ustunlikka ega. Bizning dorixonalar ana shu afzalliklardan foydalanishidan manfaatdor bo‘lganimiz bois mana shunday anjumanni tashkil qilishga qaror qildik. Pharmclub Awards 2018 mukofotiga keladigan bo‘lsak, aynan onlayn ovoz berish tizimini tanlaganmiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ovoz berish jarayonini kuzatish imkoni jarayonning shaffofligini ta'minlaydi. Iste'molchilar tomonidan aynan qaysi kompaniyaning dori vositalari ma'qul ko‘rilayotgani, ularning bu boradagi fikrlari biz uchun juda qiziq. Bu sohani rivojlantirish va unda xizmat qilayotgan xodimlar uchun yaxshi turtki beradi deb hisoblayman", - deydi Pharmclub O‘zbekiston uyushmasi rais o‘rinbosari Erkin Karimov.

Tadbirda ta'kidlanishicha, Pharmclub Awards 2018 marosimida ishtirok etish brend haqida e'lon qilish uchun ajoyib imkoniyat, chunki nomzodlarga ovoz berish jarayonida O‘zbekistonning millionlab aholisi bundan xabar topadi.

Pharmclub Awards 2018'da ishtirok etish uchun arizalar 25 fevralgacha qabul qilinadi. Unda ishtirok etish uchun uyushma a'zosiga aylanish, ariza berish va ilova qoidalarida ko‘rsatilgan shartlarni bajarish kerak bo‘ladi.

Batafsil ma'lumotlar uchun telefonlar: +998951981113

                                                                         +998909541111

                                                                         +998974778880

                                                                         +998712310088        

Ko‘proq yangiliklar: