O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qambarota GES bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

O‘zbekiston 13:56 / 20.02.2019 12533

Yaqin vaqt ichida Qirg‘iziston ishchi guruhi Toshkentga Qambarota GES-1 bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish maqsadida boradi. Bu haqda ushbu davlat parlamenti yig‘ilishida Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aytmamat Qodirboyev xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishchi guruh 2018 yil oxirida tashkil etilgan. «Telefon orqali dastlabki muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Bu masalalar bosh vazir birinchi o‘rinbosari ishtirokida muhokama qilindi», - dedi amaldor.

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi «Qambarota-1» GES qurilishi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Norin daryosida Qambarota GES-1ni qurish loyihasi bir necha yildan beri to‘xtab qolgan. 1980-yillar oxirida 1860 megavatt quvvatga ega stansiya qurilishi rejalashtirilgan edi. Ammo o‘sha paytdan beri loyiha muzlatilgan holatda turibdi.

So‘nggi bor «Qambarota-1» va GESning Yuqori Norin kaskadini qurish to‘g‘risidagi bitimga 2012 yilda Qirg‘iziston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasida erishilgan, o‘shanda har ikki obektni Rossiyaning «RusGidro»si qurish kerak edi. Biroq, 2016 yilda qirg‘iz tomonining tashabbusi bilan kelishuv rad etildi. 

Ko‘proq yangiliklar: