O‘zbekiston - Isroil siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 08:46 / 20.02.2019 3408

2019 yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston-Isroil siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Isroil Davlati Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori o‘rinbosari va Yevrosiyo departamenti rahbari Aleksandr Ben-Svi boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

TIV xabariga ko‘ra, ikki tomon kun tartibi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik barcha masalalari yuzasidan fikr almashgan.

Uchrashuvda ta'kidlanganidek, ikki tomon ham siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, turizm, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Isroil muntazam muloqoti, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga muhim ahamiyat qaratadi, parlamentlararo aloqalar, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirishga qiziqish bildiradi.

Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik hamkorlik hajmlarini oshirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.

O‘zbekiston tomoni mamlakatda yuz berayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan xorijiy investitsiya va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida hamkorlarga mufassal ma'lumot berdi.

Suhbatda 2019 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi, xususan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan takliflar muhokama qilingan.

Muzokaralarda O‘zbekiston – Isroil munosabatlari shartnoma-huquqiy asosini kengaytirishning hozirgi holati va istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston va Isroil siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: