Ozarboyjon prezidentining o‘g‘li «Rublyovka»da 35 mln dollarlik uyga egaligi aniqlandi

Jahon 14:25 / 20.02.2019 24864

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning o‘g‘li Haydar Moskva oblastidagi Rublyovo-Uspenskiy shossesida yer uchastkasi va uyga egalik qiladi. Bu haqda «Proyekt» nashri Rosreyestr ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

«Sadi Mayyendorf» posyolkasidagi yer maydoni yetti ming kvadrat metrdan oshadi, hashamatli uyning maydoni - 1,6 ming kvadrat metr. «Proyekt» uy-joy narxini 2,3 milliard rublga (taxminan 35 million dollar) baholadi. Uning yonida Rossiya prezidenti va bosh vazirining qarorgohi joylashgan.

Ilhom Aliyevning o‘g‘li 2007 yilda, to‘qqiz yosh bo‘lganida uy egasiga aylangan. Rosreyestr ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk unga Ozarboyjon prezidentining qaynotasi Orif Pashayev tomonidan sotib olinganidan bir yil o‘tib sovg‘a qilingan.

Ozarboyjon prezidenti ma'muriyati «Proyekt»ning bu boradagi murojaatiga javob bermagan.

Rossiyada Aliyevlar oilasi Rublyovkadagi uyga egalik qiladi, u Ozarboyjon prezidentining katta qizi Laylo Aliyevaga tegishli. Avvalroq, buni OCCRP aniqlagandi. «Proyekt» ma'lumotlariga ko‘ra, Ozarboyjon prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i Bolshaya Yakimankadagi 136 metr keladigan kvartiraga ham egalik qilishi mumkin.

Transparency International ma'lumotlariga ko‘ra, Ozarboyjon korrupsiyani qabul qilish reytingida 180 o‘rindan 152-pog‘onani egallaydi.

Ko‘proq yangiliklar: