Orolbo‘yi hududlarini tiklashda BAA tajribasi qo‘llaniladi

O‘zbekiston 14:23 / 20.02.2019 9849

20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining 6 nafar mutaxassisi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) bosh ofisiga ilmiy amaliyot o‘tash uchun safarga jo‘nab ketdi. 

Yosh mutaxassislar stajirovkasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etildi. 

Ular o‘z sohalari bo‘yicha zarur bilimlar olib, BAA da qo‘llanayotgan innovatsion texnologiyalarni o‘rganishadi hamda egallagan tajribalarini Orolbo‘yi hududlarini tiklashga qaratilgan kompleks ishlarni amalga oshirishda qo‘llaydilar.

Mutaxassislar bir yarim oylik safar davomida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi Masdar Siti ekoshahri bilan tanishadilar, agrobiznes uchun muvaffaqiyatli inkubatorlarni tashkil qilish, suv va tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish va boshqa yo‘nalishlarda o‘quv-amaliyot kurslarini o‘taydilar.

 

Ko‘proq yangiliklar: